Oʻzbekistonda yana 5 kishiga koronavirus tashxisi qoʻyildi

12:02 26 Mart 2020 Jamiyat
356 0

“Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.

Ushbu infeksiya Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgan fargʻonalik bemorning turmush oʻrtogʻi, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Fargʻonadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan boʻlib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda”, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

25-mart kuni Namangan viloyatida ham bir kishida virus aniqlangandi, bu bemor Turkiyaning Istanbul shahridan kelgan. Ayni vaqtda Namangan shahri kirish va chiqish uchun yopib qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?