Oʻzbekistonda yana 217 kishida koronavirus aniqlandi

23:56 02 Avgust 2020 Jamiyat
309 0

2020-yil 2-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 553 (+217) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 142 nafari Toshkent viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun yurtimizning turli hududlarida jami 1 208 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 507 (+1 208) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 893 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?