Oʻzbekistonda yana 152 kishida koronavirus aniqlandi

09:56 23 Iyul 2020 Jamiyat
288 0

2020-yil 23-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18531 (+152) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafar Qashqadaryo viloyatida, yana 34 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida hamda 13 nafari Fargʻona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 9872 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 8560 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 100 nafari ogʻir, 27 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?