Oʻzbekistonda yana 125 kishida koronavirus aniqlandi, 2 bemor vafot etdi

23:39 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
196 0

2020-yil 18-sentyabr soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 378 (+125) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 90 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Boʻstonliq tumanida yashagan 71 yoshli A.T. (erkak) hamda 41 yoshli D.Ya. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 331 nafar, Toshkent viloyatida 124 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 46 645 (+553) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 312 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?