O‘zbekistonda Yagona elektron hamkorlik tizimi yaratiladi

13:25 14 Mart 2018 Jamiyat
775 0
Foto: Pngtree

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13 martda qabul qilingan tegishli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratiladi.

Mazkur tizim qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish imkonini beradi.

O‘z navbatida davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish (qabul qilish)ga xizmat qiladi.

Ayni chog‘da sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan, ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llashda muhim rol o‘ynaydi.

Hujjatga muvofiq, mazkur tizim joriy yil 1 sentyabridan ishga tushiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?