Oʻzbekistonda White & Case xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy xizmatlar koʻrsatishni boshladi

15:45 22 Oktyabr 2018 Jamiyat
331 0

Markaziy Osiyo savdo hamda “Oʻzbekiston — Amerika” biznes forumlari doirasida White & Case xalqaro yuridik kompaniyasining ofisining ochilish marosimi va taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar qildi.

Qayd etib oʻtish joizki, White & Case LLP yuridik kompaniyasi 1901 yilda tashkil etilgan boʻlib, u dunyoning 26 ta mamlakatida joylashgan 38 ta ofisda mehnat qiluvchi 2200 nafardan ortiq professional huquqshunoslarni birlashtiradi. Kompaniyaning yillik mablagʻ aylanmasi — 1,5 mlrd. AQSH dollaridan ortiq. 2018 yilning yanvar oyida Toshkentda kompaniyaning vakolatxonasi ochilgan edi, endilikda ushbu vakolatxona Oʻzbekistonda yuridik konsalting xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega konsalting kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi.

Tadbirda ishtirok etgan Amerika — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi, White & Case kompaniyasining Vashingtondagi ofisining katta boshqaruvchi hamkori Kerolin Lemm, White & Case kompaniyasi direktori Xyu Verriyer tomonidan Toshkentda kompaniya ofisining ochilishi kompaniya uchun ham Oʻzbekistonda, ham Markaziy Osiyo mintaqasida yangi imkoniyatlar yaratishi qayd etildi.

Marosimda Adliya vaziri R. Davletov hamda boshqa vazirlik va idoralarning vakillari ham ishtirok etishdi. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tadbirdagi chiqishi davomida Oʻzbekiston poytaxtida White & Case kompaniyasi ofisi ochilishi milliy kompaniyalarimiz va xorijiy investorlar uchun ularning faoliyatini sifatli huquqiy taʼminlash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishini aytib oʻtildi.

Tadbir ishtirokchilari kompaniya ofisining ochilishi Oʻzbekiston va AQSH, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hamda nufuzli “White & Case” xalqaro yuridik kompaniyasi oʻrtasidagi izchil, ishonchli va davomli hamkorlik natijasi oʻlaroq muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?