O‘zbekistonda Visa kartochkalari ish boshlashi haqidagi xabarlar rad etildi

12:01 19 Iyul 2018 Iqtisodiyot
416 0
Foto: Money Inc

Visa O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan UzCard-Visa kartasi to‘g‘risidagi matbuotdagi xabarni rad etib chiqdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.

“Visa O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan UzCard-Visa qo‘shma sarmoyaviy kartochkasi haqidagi xabarlarni tasdiqlamaydi. Biz shuningdek, Visa va UzCard kompaniyalari o‘rtasida kelishuv imzolanishi haqidagi xabarning ham haqiqatga mos emasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi.

Visa kompaniyasi naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistondagi moliya institutlari va biznes sheriklari bilan hamkorlik qilishini ma’lum qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019