Oʻzbekistonda velosportning BMX yoʻnalishi boʻyicha trassa qurilishi boshlandi

16:48 29 May 2020 Sport
336 0

Oʻzbekistonda Olimpiya dasturiga kiritilgan har bir sport turiga eʼtibor kundan kunga ortib bormoqda. Shunday sinovli kunlarda turgan boʻlsak-da, hukumatimiz sport sohasidagi yirik loyihalarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda.

Ayni kunlarda Jizzax shahridagi Sangzorkoʻl mavzesida velosiped sportining Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan VMX yoʻnalishi boʻyicha yurtimizdagi dastlabki trassa qurilishi boshlandi, deb xabar berdi MOQ.
“Bu esa mamlakatimizda sportning ushbu yoʻnalishiga boʻlgan qiziqishning yana-da ortishiga xizmat qiladi. Hozirda Jizzax viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati trassa uchun ajratilgan hududni yaqindan oʻrganib chiqishmoqda. Taʼkidlash joiz, qurilish viloyat hokimligi tashabbusi bilan bunyod etilmoqda va loyihalashtirilmoqda”, deyiladi xabarda.

VMX Olimpiya oʻyinlarida yangi sport turlaridan boʻlib, unda ishtirokchilar guruh boʻlib startdan qoʻzgʻalishida va uzunligi katta boʻlmagan, ammo murakkab yoʻllarda poyga oʻtkazishadi. Ushbu sport turi 2008-yildan yozgi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Jizzaxda qurilajak trassa Ukraina, Fransiya va belgiyalik mutaxassislar tomonidan loyihalashtiriladi va ekspertlar qurilish ishlari boshlangach bevosita jarayonni nazorat qilib borishadi (xalqaro parvozlar ochilgach). Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, trassa sentyabr oyida ochilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?