O’zbekistonda vazirliklar soni yana bittaga ko’paydi

22:20 02 Aprel 2018 Hujjatlar
960 0
Foto: "Samarqand" gazetasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni (02.04.2018 y.) imzoladi.

Hujjatga ko’ra, Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi negizida Qurilish vazirligi;

Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag’batlantirish jamg’armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi bazasida Qurilish vazirligi faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi;

Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.
Quyidagilar esa tugatildi:

Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo’yicha Respublika komissiyasi;

Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi;

Davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funktsiyalarini xususiy sektorga o’tkazish bo’yicha taklif kiritish vazifasi yuklandi, deb yozadi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?