Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tartibiga kiritilayotgan oʻzgarishlar boʻyicha izoh

11:47 18 Oktyabr 2019 Jamiyat
58 0

Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tartibiga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqladi. Qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ular 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishga doir islohotlarning besh ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi hamda turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlarga qulaylik yaratish bilan bogʻliq islohotlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Oʻzgarishlarning dolzarbligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi:

Qator xorijiy mamlakatlar qonunchiligini oʻrganish natijasida mamlakat hududida boʻlish qoidasini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning yoʻqligi aniqlandi;

Maʼlumot uchun: Qator xorijiy davlatlar tajribasi tahlili shuni koʻrsatdiki, Rossiya Federatsiyasi, Qozogʻiston, Ukraina, Belarus, AQSH, Yevroittifoq mamlakatlari, Turkiya, Singapur kabi davlatlar qonunchiligida mamlakat hududida boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik koʻzda tutilmagan. Ushbu mamlakatlarda bu turdagi qoidabuzarlik uchun jarima belgilash, mamlakatdan tashqariga chiqarish yoki maʼlum muddatga mamlakatga kirishni taqiqlash shaklidagi maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilgan. Shuningdek, bunday toifadagi qonunbuzarliklarni operativ koʻrib chiqish ichki ishlar organlari (RF), milliy xavfsizlik organlari (Qozogʻiston), chegara xizmati organlari (Turkiya, Ukraina), IIV huzuridagi immigratsiya organlari va nazorat-oʻtish punktlari (Singapur) vakolatiga kiradi. Milliy qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq statistika tahlili Oʻzbekiston fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik differensiatsiyasi zarur ekanini koʻrsatmoqda. Maʼlumot uchun: 2016-yilda 6256 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlib, ulardan 4079 nafari – chet el fuqarolari. 2017-yilda 6006 kishi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shundan 3817 nafari – xorij fuqarolari. 2018-yilda ushbu koʻrsatkich 5764 nafarni qayd etdi, ularning 4101 nafari – chet el fuqarosi. Pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga minimal ish haqining 1-3 barobari hajmida jarima belgilanadi, chet el fuqarolari hamda Oʻzbekistonda doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga esa minimal ish haqining 50-100 barobarida jarima belgilangan, bu esa tenglik va insoniylik tamoyillari buzilayotganiga ishora qiladi. Shunday ekan, bunday turdagi jarimalar hajmini bir necha barobarga kamaytirish zarurati yuzaga keladi. Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishning amaldagi tartibi maʼmuriy sudlar tomonidan amalga oshiriladi, ularni koʻrib chiqish muddati esa 3-7 kunni tashkil qiladi. Bu esa, oʻz navbatida, mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirish hamda uning ijobiy imijini yaxshilash yoʻlidagi islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiq kelmaydi. Oxir-oqibat bu qonunchilikda bunday toifadagi ishlarning tegishli davlat organlari tomonidan tezkor koʻrib chiqilishini taʼminlashga doir oʻzgarishlarni talab etadi.

Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda, qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar quyidagilarni nazarda tutadi: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidan mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikning olinishi, yaʼni mamlakat hududida boʻlish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikdan maʼmuriy javobgarlikka oʻtkaziladi.

2) maʼmuriy javobgarlik choralarini jarima hajmining sezilarli darajada kamaytirish orqali takomillashtirish. Fuqarolarning qonun, insoniylik va adolat oldidagi teng huquqlilik tamoyillarini yoʻlga qoʻyish maqsadida xorij fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning respublikada boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishi differensiatsiya qilindi, yaʼni mamlakatda noqonuniy boʻlish muddatlarini buzish boʻyicha toifaga ajratildi:

3) Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka jalb qilish maʼmuriy sudlardan vakolatli organ (ichki ishlar organlari) vakolatiga oʻtkaziladi, bu esa tezkorlik hamda byurokratik jarayonlarning qisqarishiga olib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?