Oʻzbekistonda Turkiya va Pokiston harbiylari bilan hamkorlikda qoʻshma mashgʻulotlari oʻtkaziladi

10:50 11 Aprel 2019 Jamiyat
162 0

Joriy yilning 22—27 aprel kunlari Oʻzbekistondagi “Forish” togʻ poligonida Pokiston Islom Respublikasi va Turkiya Respublikalari qurolli kuchlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur oʻquv mashgʻulotlari 2019 yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi, Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari oʻrtasida harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq bir qator tizimli tadbirlar asosida amalga oshirilmoqda.

Tajriba va malaka almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning barchasi “Forish” poligoni togʻli hududlarida oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?