Oʻzbekistonda turizm sohasi rivojida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

17:33 08 Yanvar 2019 Welcome to uzbekistan
603 0

Arxiv foto

Statistik maʼlumotlarga eʼtibor qaratsak, mamlakatimizga xorijiy sayyohlarning tashrifi 2017 yilda 32 foizga, 2018 yilda esa 100 foizga oʻsgan. Lekin, masalaning boshqa jihati bor. Turizm sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hali hanuz mukammal emas, mehmonxonalarning va zarur infratuzilmaning yetishmasligi esa bu yoʻnalishni jadal taraqqiy etishiga imkon bermayotgan edi.

Davlatimiz rahbarining “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muammolarga yechim topadi. Ushbu hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Unga koʻra:

— xorijiy sayyohlarni (2018 yilda) 5,3 mln.dan (2025) yilda 9 mln. nafarga oshirish;

— turistik xizmatlar eksportini (2018 yilda) 1 mlrd. AQSH dollaridan 2,2 mlrd. AQSH dollariga yetkazish;

— mehmonxonalar sonini (2018 yilda) 900 tadan (2025 yilda) 2994 taga koʻpaytirish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, chet ellik sayyohlar uchun viza rejimi yanada soddalashtiriladi. Hozirda 30 kunlik viza rejimi asosida 19 ta davlat fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan boʻlsa, joriy yilning 1 fevral kunidan bu roʻyxatga yana 45 ta davlat qoʻshiladi. Qolaversa, 76 ta davlatning fuqarolari Oʻzbekistonga elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?