Oʻzbekistonda transport vazirligi tuziladi

16:14 29 Avgust 2018 Jamiyat
361 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 avgust kuni avtomobil transporti sohasida boshqaruvni takomillashtirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, transport xizmatlari koʻlamini kengaytirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Unda davlat rahbari Transport vazirligini tashkil etish boʻyicha topshiriq bergan, deb xabar qildi OʻzA.

Tranzit yuk tashish bozorida raqobatbardoshlikni oshirish masalalari muhokamasi davomida mamlakat hududi orqali oʻtayotgan eksport-import va tranzit yuklarning atigi 11 foizi milliy tashuvchilar hissasiga toʻgʻri kelishi, magistral yoʻl infratuzilmasi rivojlanmayotgani, yoʻllarda yoqilgʻi quyish shoxobchalari va mehmonxonalar yetarli emasligi tanqid qilingan.

Yigʻilishda “Oʻzavtotrans” agentligi tomonidan transport sohasini rivojlantirishni kompleks koʻrib chiqish borasida davlat siyosatini yuritish tizimi hanuzgacha yoʻlga qoʻyilmagani qayd etilgan.

“Shuning uchun avtomobil, temir yoʻllar va havo yoʻllari, metro va daryo transporti ishini oʻzaro muvofiqlashtiruvchi, bu borada yagona siyosat yurituvchi davlat organini tashkil etish zarur.

Mutasaddilarga Transport vazirligini tashkil etish boʻyicha taklif kiritish vazifasi topshirildi”, deyiladi xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?