O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar soni 7taga kamaydi

11:36 18 Iyul 2018 Iqtisodiyot
280 0
Illyustrativ foto

O‘zbekistonda joriy yil 6 oyi yakunlari bo‘yicha tabiiy monopoliyalar soni 7 taga kamaydi. Bu haqda Davlat raqobat qo‘mitasi oylik hisobotida ma’lum qilingan.

“Davlat reyestridagi tabiiy monopoliya subyektlari soni 10 turdagi mahsulotlar bo‘yicha 141 tani tashkil etdi”, — deyiladi qo‘mita tomonidan berilgan press-relizda.

Joriy yil boshida ularning soni 148 ta ekanligi ma’lum qilingandi. O‘shanda monopoliyalarning eng ko‘pi Toshkent shahrida (30 ta), eng kami esa Namangan viloyatida (3 ta) qayd etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?