Oʻzbekistonda soliqdan qarzni plastik kartadan soʻzsiz undirib olish tartibi joriy qilinmoqda

Arxiv foto
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi toʻgʻrisida” idoralararo qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qaror loyihasida qayd etilishicha, qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda soʻzsiz undirib olinadi.
Eng kam ish haqi miqdori qonun hujjatlariga muvofiq inkasso topshiriqnomasi yuborilgan sanada shu oy uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Agar eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda, oʻzgargan miqdordan kelib chiqib qayta hisob-kitob qilinadi.
Bank plastik kartalardan jismoniy shaxslarning mol-mulk, yer soliqlari va daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida hisoblangan soliq hamda tadbirkorlik maqomini yoʻqotgan va bankda hisobvaraq ochmagan yoki bank hisobvaraqlari yopilgan yakka tartibdagi tadbirkor-jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati boʻyicha soliq qarzi soʻzsiz undiriladi.
Idoralararo qaror Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank rahbarlari tomonidan imzolanishi koʻzda tutilgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: