Oʻzbekistonda shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi 1-onlayn chempionatida adolat qanday tiklandi?

23:48 13 May 2020 Sport
440 0

12-may kuni shaxmat boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi turniri boʻlib oʻtdi. 
Maʼlum boʻlishicha, onlayn shaxmat musobaqasining ayrim ishtirokchilari tomonidan qoidani buzish holatlari aniqlangan. Bu musobaqa natijalari boʻyicha chess.com saytining Fair Play jamoasi xulosasi olingandan soʻng maʼlum boʻlgan.

Tekshiruv natijalariga koʻra, ikkinchi turnirda dastlabki uchta oʻrinni egallagan havaskor shaxmatchilar musobaqa qoidalarini qoʻpol ravishda buzgani uchun diskvalifikatsiya qilindi, shuningdek, yana uch nafar ishtirokchi ham musobaqadan chetlatildi.

“Umid qilamizki, ushbu ayanchli voqea qolgan ishtirokchilar uchun saboq boʻladi va boshqa bu kabi adolatsizlik, nopok oʻyinlar takrorlanmaydi“ , — deyiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Shaxmat boʻyicha birinchi onlayn Oʻzbekiston chempionatining ikkinchi turniri gʻolibi deb 2006-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Maftuna Bobomurodova topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?