Oʻzbekistonda shakardan 150 barobar totliroq oʻsimlik yetishirilmoqda

10:30 15 Fevral 2019 Lifestyle
532 0

Uni hattoki qandli diabet bilan xastalangan bemorlar bemalol isteʼmol qilishlari mumkin.

Shakar shakarqamishdan yoki qandlavlagidan olinishini barchamiz yaxshi bilamiz. Darhaqiqat, har kuni dasturxonimizdan oʻrin oluvchi shakarning asosiy xom ashyosi ayni shu ekinlar hisoblanadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ­kuniga 60 gramm atrofida shakar ­isteʼmol qilishni tavsiya etadi. Bu ­taxminan 4 osh qoshiq, deganidir. ­Demak, unga boʻlgan talab kam emas. Lekin tabiatimiz saxiy. Uning ­bagʻrida shunday noyob oʻsimliklar mavjudki, u shirinligi borasida yuqorida taʼkidlangan ikki ekindan ham aʼlo. Steviya — ulardan biri.

Mazkur oʻsimlik Oʻzbekistonga havaskor botaniklar tomonidan olib kelingan. Xususan, uning damlamasidan olinadigan steviozid moddasi shakardan 150 barobar shirin. Steviozidni qayta ishlash natijasida olinadigan rebadiozid moddasi 300 barobargacha totli.

Shuningdek, u oʻta shifobaxsh hamdir. Yaʼni uning shirinlik darajasi yuqori boʻlsa-da, ­qandli diabet bilan xastalangan bemorlarning shirinlikka boʻlgan chanqogʻini qondirishda qoʻl keladi. Vaholonki, bunday bemorlarga shirinlik mumkin emas. Oʻziga xos paradoksni qarangki, steviya shirinligi ­bunga xalaqit bermaydi.

Qolaversa, u inson immunitetini oshiradi. Qon bosimini meʼyorlashtiradi. Antiallergin, antiseptik va antioksidantlik taʼsiri bor. Asosiysi, ­isteʼmolda meʼyori cheksiz. ­Inson organizmi uchun salbiy taʼsiri kuzatilmaydi. Shu bois Oʻzbe­kiston Respublikasi ­SoQliqni saqlash vazirligi ­tomonidan damlama sifatida tavsiya ­qilingan.

Yurtimizda steviyani ­oʻstirish hamda chuqur qayta ishlash jarayonlari toʻliq oʻrganib chiqilgan. Uni urugʻlantirish, qalamcha usuli bilan koʻchat yetishtirish qoʻllanib kelinmoqda. Natijalar esa hayratlanarli. Zaminimizda parvarishlangan oʻsimlikdagi steviozid moddasi dunyoning boshqa mamlakatlarida yetishtirilganiga qaraganda ancha yuqori — 19,7 foizni tashkil qiladi. Mazkur koʻrsatkich, masalan, bu borada ilgʻor boʻlgan Janubiy Koreyada 16 foizga teng. ­Mutaxassislar buning sababini respublikamizning oʻziga xos iqlimi bilan tasniflashadi.

Yana bir maʼlumot: Janubiy Koreyada yetishtirilgan steviyaning asosiy xaridori Yaponiyadir. Ushbu mamlakat aholisining uzoq umr koʻrish siri ham ­steviyadan damlangan choy ­isteʼmoli bilan bogʻliq ekan.

Qayd etganimizdek, yurti­mizda ham ushbu yoʻnalishdagi ishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shundan kelib chiqib, 2014 yili mazkur oʻsimlik koʻchatini koʻpaytirish maqsadida “Stevia Boʻston” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga asos soldik. Oʻsha yilning bahorida xoʻjaligimizga moʻjizakor oʻsimlikning 6 mingtasini keltirib qadadik. Ayni paytda xoʻjaligimizning 5 gektar ­maydonida

600 ming tup koʻchat mavjud. Ulardan oʻrtacha 6 ming ­kilogramm quritilgan steviya bargini olish mumkin. Bu 300 tonna shakar, deganidir. Yana shu oʻsimlikdan 10 gektar yerga koʻchat tayyorlash imkoniyatimiz bor.

Rahmatilla ABDULLAYEV, “Stevia Boʻston” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?