Oʻzbekistonda Rossiyaning yana bir nufuzli universiteti filiali tashkil etilishi kutilmoqda

18:23 17 Dekabr 2019 Jamiyat
388 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida vazir oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti rektori Nadejda Kaminina boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.

Uchrashuvda Moskva davlat geodeziya va kartografiya universitetining Oʻzbekistondagi filiallarini ochish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

Jumladan, Rossiya universitetining mamlakatimizda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan filiallarining huquqiy maqomini belgilash, oʻquv jarayonlarini yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning yuridik maqomi hamda bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlanish va shu kabi masalalarga toʻxtalib oʻtildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar geodeziya va kartografiya sohasi uchun hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlarni jadallashtirishga kelishib olishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?