Oʻzbekistonda rahbarlar qaysi kitoblarni sevib oʻqiydi?

15:50 26 Mart 2019 Jamiyat
555 0

Illyustrativ foto

Bugungi kunda kitobxonlik haqida koʻp gapirilyapti, ayniqsa 19 mart kuni boʻlib oʻtgan videoselektor majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu masalaga yanada jiddiy eʼtibor qaratdi.

Shundan kelib chiqib, Xushnudbek.uz telegram kanali kichik loyiha oʻtkazdi.

Loyihada doirasida hukumat vakillari, jamoat arboblari, xorijiy mamlakat elchilari, xalqaro tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakillaridan oʻzlarining eng sevimli 3 ta kitobining roʻyxatini taqdim etgan.

Demak, ushbu soʻrovnomaning 1-qismini havola qilaman.

Baxtiyor Mirboboyev – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi

Muhammad Ali. “Ulugʻ saltanat” (4 jildi)
Oybek. “Navoiy”
Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”

Ubaydulla Mingboyev – Oʻzbekiston Respublikasi sudyalar oliy kengashi raisi

Tohir Malik. “Odamiylik mulki”
Harold Lemb. “Bobur-yoʻlbars”
Alisher Navoiy. Barcha asarlari, lekin ayni birini koʻrsatish kerak boʻlsa, unda “Hamsa”

Otabek Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori

Artur Konan Doyl. Sherlok Xolmsga oid asarlari
Djon Perkins. “Iqtisodiy qotilning iqrori” (“Confessions of an Economic Hit Man”)
Abdulla Qodiriy. “Oʻtkan kunlar”
Shuningdek, Jek London hamda Eduard Topol asarlarini ham tavsiya qildi.

Komil Allamjonov – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori

Nikkolo Makiavelli. “Hukmdor”
Amir Temur. “Temur tuzuklari”
Antuan de Sent-Ekzyuperi. “Kichik shahzoda”

Ruslanbek Davletov – Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

Chingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun”
Richard Sasskind. “Kelajak yuristlari” (“Tomorrowʼs lawyers”)
Samuel Xantington. “Tamaddunlar toʻqnashuvi” (“Slash of civilizations and remaking of world order”)

Abdulaziz Akkulov – Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.b.

Xudoyberdi Toʻxtaboyev. “Sariq devni minib”
Oʻtkir Hoshimov. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”
Tohir Malik. “Shaytanat”
Shuningdek, A.Akkulov 10-sinf geografiya darsligi ham turizm sohasiga katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladi

Akmal Burhonov – “Yuksalish” umummilliy harakati raisi

Teodor Drayzer. “Amerika fojiasi”
Xaruki Murakami. “Chegaradan janubga, quyoshdan gʻarbga” (“K yugu ot granisы, na zapad ot solnsa”)
Oʻtkir Hoshimov. “Ikki eshik orasi”

Umid Ahmadjonov – Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi

Said Ahmad. “Ufq”
Aleksandr Dyuma. “Graf Monte Kristo”
Axbor Imomxoʻjayev. “Asr futbolidagi asl qadrdonlarim”

Jahongir Gʻaniyev – Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi

Gabriel Garsiya Markes. “Yolgʻizlikning yuz yili”
Fedor Dostoyevskiy. “Oʻlik uydan maktublar”
Mixail Bulgakov. “Teatralnыy roman”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?