Oʻzbekistonda radiatsiya darajasi oʻzgarmagan – FVV

14:43 21 Avgust 2019 Jamiyat
131 0

Illyustrativ foto

RFning Severodvinsk poligonida roʻy bergan portlash Oʻzbekistondagi radiatsiya darajasiga taʼsir koʻrsatmagan.

Mamlakatimizda 8-20-avgust kunlari nurlanish fonida oʻzgarish kuzatilmaganini FVV ham tasdiqladi.

Oʻzgidromet xabariga koʻra, shu kunlarda mamlakat hududi Turkmaniston orqali kirib kelgan Kaspiy dengizining janubi va Eron osmonidan shakllangan janubi-gʻarbiy havo massalari taʼsiri ostida boʻldi.

Mamlakatda gamma nurlanishning ekspozitsion dozasi quvvatidagi oylik oʻrtacha daraja soatiga 0,16 mikrozivertga teng va u 0,08 mkzv/soatdan 0,24 mkzv/soatgacha tebranib turibdi. Maʼlumot uchun, ekspozitsion dozaning mumkin boʻlgan eng oxirgi quvvat darajasi 0,30 mkvz/soatga teng.

Koʻrsatib oʻtilgan davrda bu koʻrsatkich respublikada 0,15 mkzv/soat, Toshkentda esa eng yuqori daraja 0,16 mkzv/soatni tashkil etdi.

Eslatib oʻtamiz, 8-avgust kuni Rossiyaning Arxangelsk oblasti Severodvinsk harbiy poligonida reaktiv suyuqlikli dvigatel qurilmasi sinovi paytida portlash sodir boʻlgandi. Ushbu hodisa oqibatida “Rosatom”ning besh xodimi hayotdan koʻz yumdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?