Oʻzbekistonda qurol ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi qanday?

09:39 12 Mart 2020 Jamiyat
365 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori (138-son, 11.03.2020-y.) bilan Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyat faqat Oʻzbekiston hududida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash Milliy gvardiya tomonidan amalga oshiriladi.

Bu boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi. Litsenziya talabgorining arizasiga binoan litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.

Litsenziyalar amal qilishi cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun BHMning 4 baravari (892 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi.

Litsenziya berilganligi uchun BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming soʻm) miqdorida davlat boji undiriladi.

Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?