Oʻzbekistonda QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish toʻgʻrisidagi farmon imzolandi

15:44 25 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
421 0

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan. Bu haqda “Korzinka.uz” supermarketlar tarmogʻi rahbari Zafar Hoshimov maʼlum qildi.

“Ajoyib xushxabar! Ishonchli manbalardan kelgan xabarga koʻra, Prezident QQS stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirish haqidagi farmonga imzo chekibdilar. Yangi soliq stavkasi 1-oktyabrdan amal qiladi”, — deb yozgan Zafar Hoshimov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?