Oʻzbekistonda Qozogʻistonga yana toʻrtta yoʻnalish boʻyicha avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

18:05 02 May 2019 Jamiyat
579 0

“Uzavtotrans Service” MCHJ korxonasi bugundan eʼtiboran Qozogʻistoning 4 ta shahriga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent-Turkiston, Toshkent-Olmaota, Toshkent-Ushkunur, Chirchiq-Ushkunur yoʻnalishlari shular jumlasidandir. Qatnovlar barcha qulayliklarga ega zamonaviy YUTONG avtobuslarida amalga oshiriladi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.

Toshkent-Turkiston yoʻnalishi chipta narxi 50 000 soʻm, Toshkent-Olmaota yoʻnalishi chipta narxi 101 000 soʻm, Toshkent- Ushkunur yoʻnalishi chipta narxi 101 000 soʻm, Chirchiq- Ushkunur yoʻnalishi chipta narxi 90 000 soʻm.

Shuningdek, korxona tomonidan yaqin orada “Toshkent – Nur-Sulton (Qozogʻiston)”, “Toshkent – Taraz (Qozogʻiston)”, “Toshkent – Qiziloʻrda (Qozogʻiston)”, “Samarqand – Turkiston (Qozogʻiston)”, “Samarqand – Dushanbe (Tojikiston)”, “Toshkent – Qozon (Rossiya Federatsiyasi)”,“Toshkent – Ufa (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Omsk (Rossiya Federatsiyasi)”, “Toshkent – Petropavlovsk (Rossiya Federatsiyasi)” yoʻnalishlarida ham muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

Kelajakda Xitoy, Turkmaniston, Rossiya hamda Qirgʻizistonning shaharlariga Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan yoʻnalishlar tashkillashtirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?