Oʻzbekistonda qor yogʻib, harorat -11 gacha tushadi

15:05 11 Noyabr 2020 Jamiyat
3003 0

Joriy yilning 13-16-noyabr kunlari Oʻzbekistonning qator hududlarida yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 13 va 16-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 14-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin, 15-noyabrda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 14-noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15-noyabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-noyabrda kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14-noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi, 15-16-noyabrda kechasi 2-7° sovuqgacha, choʻl hududlarda 8-11° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 13-14-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-16-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 14-noyabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq, 15-noyabrda kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 3-8° iliq, 16-noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-noyabrda 3-8° iliq, 14-16-noyabrda 0-5° iliq, baʼzi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 13-14-noyabrda 8-13° iliq, 15-noyabrda 3-8° iliq, 16-noyabrda 1-6° iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, 13-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, 14 va 16-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 15-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-noyabrda 3-8° iliq, 14-16-noyabrda 0-5° iliq, kunduzi 13-noyabrda 10-15° iliq boʻladi, 14-16-noyabrda 1-6° iliqgacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 13-14-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 15-noyabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi, 16-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-14-noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 15-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 16-noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-noyabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi, 14-16-noyabrda kechasi 6-11° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?