O‘zbekistonda qizlar salomatligiga mas’ul tashkilot tashkil etildi

16:21 15 May 2018 Jamiyat
554 0

Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan akusher-ginekologik va tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Hujjatga muvofiq, qizlar va fertil yoshdagi ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Respublika qizlar salomatligi markazi, hududlarda esa qizlar salomatligi markazlari tashkil etildi, deyiladi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabarida.

Markaz qizlarga yuqori malakali ginekologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

2018 yil 1 avgustga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” (1003) tarmog‘i tarkibida respublika hududida kunu-tun faoliyat ko‘rsatuvchi “tezkor aloqa” tarmog‘i tizimi joriy etiladi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?