Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini qanday xususiylashtirish mumkin?

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonunga koʻra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish;
- yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali sotish.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.
Quyidagi yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi:
- xususiylashtirilmaydigan foydali qazilmalar konlari, davlat mulkidagi strategik obyektlar joylashgan yer uchastkalari;
-rejalashtirish sxemalari boʻlmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari;
- tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun moʻljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari;
- oʻrmon va suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, skverlar, xiyobonlar);
- xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor boʻlgan yer uchastkalari;
- erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari.
Qonun 2020-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rasmiy hujjatning toʻliq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: