Oʻzbekistonda qishki sport turlari keng miqyosda rivojlantiriladi(Video)

21:39 05 Fevral 2020 Sport
1381 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2020-yilning 4-fevralida “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga imzoladi.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Boʻstonliq tumanida “Chimyon ekstrim — 2020” qishki ekstremal sport turlari boʻyicha festival oʻtkazildi.

Festival doirasida slalom, border-kross va ski-kross shakllarida changʻichilar va snoubordchilar oʻrtasida uyushtirilgan musobaqalar juda qiziqarli bahslarga boy boʻldi.

Unda turli yosh toifasida besh yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar bellashdi. Yakunda eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan sportchilar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, jurnalistlar oʻrtasida ham qor ustida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Ijodkorlar bahsi juda shiddatli kechdi. Yakunda “Matbuotchilar” jamoasi birinchi, MTRK va internet saytlaridan tuzilgan jamoa ikkinchi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?