Oʻzbekistonda qilichbozlik boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi

11:40 12 Noyabr 2018 Sport
520 0
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Kecha gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabi zalida qilichbozlik (shpaga) boʻyicha satellit turniri boʻlib oʻtdi.

Musobaqada mamlakatimiz shpagachilari bilan birga Indoneziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan sportchilar gʻoliblik uchun bellashdi.

Satellit turnirining gʻolib va sovrindorlari orasida hamyurtlarimiz Fayzullo Alimov (1-oʻrin), Roman Aleksandrov (2-oʻrin) va Nodirbek Moʻminov (3-oʻrin)lar bor.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?