Oʻzbekistonda qiymati 5 ming dollardan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishga ruxsat berildi

15:52 21 May 2019 Jamiyat
257 0

Jismoniy shaxslarga 2019 yil 1 iyuldan boshlab qiymati 5 000 dollardan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berildi. Bu shu yil 18 may kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident Farmonida belgilab qoʻyildi.

Oʻz navbatida joriy yil 1 iyuldan oltindan yasalgan zargarlik buyumlarni chakana sotganlik uchun 1 grammiga ming soʻmdan yigʻim undiriladi.

Farmon bilan 2019–2023 yillarda zargarlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida, Toshkent shahrida Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji negizida yiliga 200 kg oltin, 1 ming 200 kg kumushdan zargarlik buyumlari ishlab chiqaradigan klaster tashkil etiladi.

2020 yil mart oyida “Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma-savdosi oʻtkaziladi.

2020 yil oxirigacha har bir hududda kamida ikkitadan, Toshkent shahrida esa – kamida 10 ta zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?