Oʻzbekistonda qariyb 350 ta davlat korxonasi tugatilishi rejalashtirilmoqda

17:55 04 Iyul 2019 Iqtisodiyot
438 0

Illyustrativ foto

Bu haqda davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha agentlik eʼlon qilgan prezident qarori loyihasida toʻxtalib oʻtilgan.

Gap 348 ta past rentabelli va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat unitar korxonalari haqida ketyapti. Ularning barchasida davlat ulushi 100 foizga teng. Sotuv va mulkka egalik huquqi toʻgʻrisidagi order olinganidan keyin bir nechta kompaniyalar reyestrdan chiqarib yuboriladi. Ularning ichida “Shahrisabz yulduzi” DUK (xususiy mulkdorlarga shu nomdagi mehmonxonani sotishga harakat qilinmoqda), “Afrosiyob Palas” DUK (Samarqandda shu nomdagi mehmonxonaga xaridor topilgan) bor.

Tugatilishi rejalashtirilayotgan korxonalarning aksariyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida turibdi. Ularning soni 168ta. “Uchtepa Invest” DUK, “Kar biznes sistem” DUK, “Olmazor kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK shular jumlasidandir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?