Oʻzbekistonda qancha gektar maydonga zararli chigirtkalar tarqalganligi maʼlum boʻldi

13:09 03 Iyun 2020 Jamiyat
653 0

Mamlakatimizda mavsumiy xarakterga ega boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida doimiy tarzda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qoʻmondonlik-shtab, maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Bu kabi tadbirlardan biri zararli chigirtkalarga qarshi choralarni koʻrishdir.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish boʻyicha qator tadbirlar olib borilyapti.

Vazirlik xabariga koʻra, joriy yilda zararli chigirtkalarning respublika hududiga kirib kelishining oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika boʻyicha zararli chigirtkalarning 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimyoviy ishlovlar oʻtkazildi. Mahalliy byudjetdan ajratilgan mablagʻlar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni oʻtkazishni taʼminlaydigan kimyoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.

Ushbu tadbirlarga 500dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Bu ishlar qoʻshni davlatlar, jumladan Qozogʻiston, Turkmaniston hamda Qirgʻiziston bilan hamkorlikda olib borilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?