O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi o‘zgarishsiz qoldi

10:20 30 Iyul 2018 Iqtisodiyot
212 0
Foto: Uza.uz

O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi yillik 14 foiz darajasini saqlab qoldi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati bergan ma’lumotlarda qayd qilingan.

“Joriy yilning ikkinchi yarim yilligida iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarning yuqoriligicha saqlanib qolayotganligini inobatga olib, Markaziy bank Boshqaruvi pul-kredit siyosatining amaldagi yo‘nalishini davom ettirish va qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirish bo‘yicha qaror qabul qildi”, deyiladi bank bayonotida.

Markaziy bank turli omillar ta’sirida pul-kredit sharoitlarining amaldagi va kutilayotgan o‘zgarishlarini kuzatib boradi va o‘z navbatida, yuzaga keladigan inflyatsion xatarlardan kelib chiqib tegishli choralar ko‘radi.

Markaziy bank Boshqaruvining qayta moliyalash stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi majlisi 2018 yil oktyabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?