Oʻzbekistonda pulli boʻlgan ikkita tunnel va uchta avtoyoʻl quriladi

12:01 11 Dekabr 2019 Jamiyat
401 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Prezidentining shu yil 9-dekabrdagi yoʻl tarmogʻini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qaror muvofiq Mamlakatimizda davlat-xususiy sherikchilik asosida pulli yoʻllarni qurish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Hujjatda qayd etilishicha, Qamchiq dovoni(Toshkent va Namangan viloyatlari)da ikkita pulli tunnel(yerosti yoʻli) va Sirdaryo va Baxt shaharlari(Sirdaryo viloyati) boʻylab aylanma, shuningdek, Toshkent – Samarqand va Toshkent-Andijon yoʻnalishlarida uchta pulli avtoyoʻl qurilishi rejalashtirilmoqda.

“Yoʻl xaritasi”da Jahon banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki(yoki YETTB oʻrniga boshqa konsalting kompaniyasi) vakillarini konsultantlar sifatida jalb etish nazarda tutilgan. Loyihalarni maqsadga muvofiqligini oʻrganish, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash ishlari 2020-2021-yillarga moʻljallangan.

Tenderlar oʻtkazish va ularning gʻoliblari bilan bitimlar imzolash 2021-yil aprelidan 2022-yil martigacha boʻlgan davrda kutilyapti.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda pulli yoʻllar qurish boʻyicha rejalar ilk marta 2018-yil sentyabr oyida maʼlum qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?