Oʻzbekistonda “Ozarbayjon kinosi kunlari” oʻtkaziladi

10:44 20 Sentyabr 2019 Jamiyat
81 0

Shu yilning 21-28-sentyabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” oʻtkaziladi. Bu haqda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etishadi. “Ozarbayjon kinosi kunlari” doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23-sentyabr kuni soat 16:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibida delegatsiya rahbari Ozarbayjon madaniyat vazirligi Kinematografiya boʻlimi boshligʻi Almaz Gajibaba, Ozarbayjon madaniyat vazirligi Kinematografiya boʻlimi konsultanti Gulnora Javadova, kinorejissyorlar Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Ayoz Salayev, Mirbala Salimli, Shomil Aliyev hamda kinoaktyor Maqsud Mammadovlar ishtirok etadi.

Seanslar vaqti:

23-sentyabr, 2019-yil

Alisher Navoiy nomli kinosaroyi, TOSHKENT

16:00 - “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirining rasmiy ochilish marosimi

16:30 - “Qizil bogʻ” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Mirbala Salimli

24-sentyabr, 2019-yil

Alisher Navoiy nomli kinosaroyi, TOSHKENT

17:00 - “Anorzor” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Ilgʻor Najaf

24-sentyabr, 2019-yil

“Metallurg” madaniyat saroyi, OLMALIQ

16.00 - “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirining rasmiy ochilishi

16.30 - “Naxichevanlik Huseyn Xon. Qaytish” hujjatli filmi namoyishi

17:00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Shomil Aliyev

25-sentyabr 2019-yil

“Sharq yulduzi” kinoteatri, SAMARQAND

15:00 - “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirining rasmiy ochilishi

15:30 - “Boku vaqt koʻzgusida” hujjatli film namoyishi, rejissyor Natalya Zavoznenko

17:00 - “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Shomil Aliyev

26-sentyabr, 2019-yil

“Sharq yulduzi” kinoteatri, SAMARQAND

17:00 - “Oʻn alloma” hujjatli filmi namoyishi, rejissyor Odil Ozoy

15:30 - “Anorzor” badiiy filmi namoyishi, rejissyor Ilgʻor Najaf

Xabarda Barcha seanslarga kirish BEPUL ekanligi eslatib oʻtilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?