Oʻzbekistonda ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari oʻrtasida nikoh tuzish taqiqlanadimi?

15:06 22 Fevral 2019 Jamiyat
739 0

Illyustrativ foto

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” qonun loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi 16-moddasining (Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar) uchinchi xatboshisi (nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan qarindoshlar oʻrtasida, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar bilan opa-singillar oʻrtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari oʻrtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida;”.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?