Oʻzbekistonda obligatsiyalar muomalaga chiqariladi

09:52 18 Dekabr 2018 Iqtisodiyot
636 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.

Shuningdek, qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada boʻlishi va soʻndirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati bir million soʻmni tashkil etadi.

Qimmatli qogʻozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida oʻtkaziladi. Auksion shartlari haqidagi maʼlumot kamida yetti kun avval eʼlon qilinadi.

Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada boʻladi.

Qimmatli qogʻozlarni soʻndirish Markaziy bank tomonidan yetti kun avval bu haqida eʼlon qilinib amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?