Oʻzbekistonda nomzodlarni oliy oʻquv yurtiga bepul tayyorlaydigan birinchi oʻquv kursi ochildi

17:52 18 Sentyabr 2018 Jamiyat
368 0
Foto: O`zMU

Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ga kirish sinovida maqsadli ishtirok etishga tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Milliy Universitetida davlat granti asosidagi oʻquv kurslari tashkil etiladi.

Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda. Oʻquv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega boʻlgan 100 nafar yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida oʻtkaziladi.

Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kollej bitiruvchilari qatnashishi mumkin. Undan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilar yotoqxona bilan taʼminlanishi mumkin.

Oʻquv kurslari shu yilning 2 oktyabridan boshlanib 10 oy davom etadi hamda fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladi.

Hujjatlar shu yilning 25 sentyabrigacha qabul qilinadi. Nomzodlar Oʻzbekiston milliy universiteti (71-46-02-20)da tashkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filiali ish boshlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?