Oʻzbekistonda Nankin politexnika instituti filiali ochiladi

13:12 01 Iyul 2019 Jamiyat
230 0

Toshkentda Xitoyning Nankin politexnika instituti filiali ochiladi. Bu haqda Oʻzbek-xitoy savdo uyushmasi maʼlum qildi.

Bu yaqinda poytaxtimizda Nankin politexnika instituti, Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji, shuningdek, “Ishga marhamat” markazi oʻrtasida imzolangan memorandumda nazarda tutilgan.

Dastlabki bosqichda yangi oʻquv yilidan boshlab arxitektura va dizayn boʻyicha kasb-hunar testlarini topshirish uchun xitoy tilini chuqurlashtirib oʻqitish boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Nankin politexnika institutiga kirish uchun tayyorlov kurslari ham yoʻlga qoʻyiladi.

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab esa “2+1” “2+2” tizimi boʻyicha oʻqitish jarayonini tashkil etgan holda OTMning toʻliq filiali oʻz faoliyatini boshlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?