Oʻzbekistonda “Musulmon mehmondoʻstligi” baholash reytingi joriy etiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan 2019-yil 29-iyul kuni Singapur “CrescentRating” agentligining musulmon mehmondoʻstligi xizmatlari reytingi (1) yurtimizga joriy etilishi munosabati bilan taqdimot oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot oʻrnida: “CrescentRating” agentligi Jahon halol turizm bozorida yirik ekspertlardan sanaladi. Tashkilot 2015-yildan boshlab “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingini eʼlon qilib keladi. Mazkur reytingga 130 ta mamlakat aʼzo boʻlib, unda 40 dan ortiq mezonlar asosida musulmon sayyohlar uchun taklif etiladigan xizmatlar baholanadi.
Reytingga koʻra yurtimiz 2019-yilda “Jahon musulmon sayyohlik indeksi”da 22-oʻrinda boʻlib, bu oʻtgan yilga nisbatan 10 pogʻona yuqoriladi degani.
Maʼlumki, joriy yilning 21-23-fevral kunlari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tashabusi bilan Buxoroda oʻtkazilgan “II Xalqaro ziyorat turizmi forumi” doirasida qoʻmita va “CrescentRating” agentligi oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik memorandumi imzolanib, ushbu xalqaro tashkilot bilan kelgusidagi istiqbolli loyihalar boʻyicha kelishuvlarga erishilgandi.
Mazkur kelishuv doirasida joriy yilning may oyida “CrescentRating” musulmon mehmondoʻstligi xizmatlari reytingini mamlakatimizdagi turistik tashkilotlarga joriy etish yuzasidan “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK bilan shartnoma imzoladi.
Mazkur baholash reytingi tizimi ixtiyoriydir. Undan foydalangan istalgan sayyohlik tashkiloti musulmon mehmondoʻstligi sohasida bir qancha imtiyozlarga ega boʻladi. Jumladan:
- “CrescentRating” agentligi tomonidan turistik tashkilot xodimlariga bepul malaka oshirish kurslari (2);
- “halol turizm” yoʻnalishidagi sertifikatlangan kurslarga chegirma;
- turistik xizmatlarini xalqaro miqyosda targʻib qilish;
- mahalliy bozorda musulmon mehmondoʻstligi talablarga javob beradigan tashkilot sifatida sayyohlarni jalb qilish orqali daromadini oshirish...
Ushbu reyting xizmatlaridan sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, ovqatlanish maskanlari, aeroportlar, vokzallar, savdo-koʻngilochar maskanlari foydalanishi mumkin.
Reytingda musulmon sayyohlar uchun yuqorida keltirilgan turistik manzillardagi yaratilgan qulayliklar, ularning ehtiyojlari inobatga olinganiga alohida eʼtibor qaratiladi.
Maʼlumot uchun, shu yil 29-iyul kuni soat 10:00 da “Citizen” mehmonxonasida shu boʻyicha taqlimot marosimi oʻtkaziladi. Unda “CrescentRating” agentligi Bosh ijrochi direktori Fazal Baxardin mazkur reyting tizimi, musulmon mehmondoʻstligi xizmatlari sohasiga oid konsalting va oʻquv kurslari haqida batafsil maʼlumot beradi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: