Oʻzbekistonda mukofot jamgʻarmasi 50 mlrd. soʻmlik tanlov boshlandi

12:41 17 Sentyabr 2018 Jamiyat
479 0
Illyustrativ foto

Innovatsion rivojlanish vazirligi toʻrtta yoʻnalish – ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalari boʻyicha tanlov eʼlon qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2018 yil 5 maydagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3698-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuqoridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 2018 yilda Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 50 milliard soʻm miqdorida byudjet mablagʻlarini ajratilishi koʻrsatilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun beriladigan arizaga

loyihaning taqdimoti (yoki video taqdimoti)

ilmiy-texnik loyiha haqida maʼlumot

startap loyihasining biznes rejasi ilova qilinadi.

Shuningdek, loyihaning mohiyatini yoritib beruvchi qoʻshimcha maʼlumotlar, uning dolzarbligi, patentlar, Scopus/WoS/Springer bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan maqolalar soni, xaridorlar taqrizi va boshqalar ham ilova qilinishi lozim.

Tanlov natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?