Oʻzbekistonda “mobil qullik”ni bekor qilish taklif etilmoqda

14:35 14 Avgust 2019 Jamiyat
71 0

Illyustrativ foto

Yaqinda davlat rahbarining Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unda uyali aloqa kompaniyalarining aloqa sifatini oshirish, operatorlar oʻrtasida raqobatni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, “mobil qullik”ni bekor qilish uchun telefon raqamini saqlab qolish imkoniyati bilan bir operatordan boshqasiga oʻtish mexanizmini joriy etish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan.

Gap mobile number portability, yaʼni mobil raqamni koʻchirib oʻtkazish haqida ketyapti. Koʻchiriladigan raqamlar operatori sifatida esa Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi taklif etilyapti.

“Mobil qullik”ni bekor qilish rejalari haqida 2018-yilda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan nizom loyihasida toʻxtalib oʻtilgan edi. Unda ushbu operatsiya qay yoʻsinda amalga oshirilishi batafsil koʻrsatib berilgandi.

Masalan, ushbu xizmatni pulli qilish, raqamni koʻchirib oʻtkazishni esa 180 kun davomida bir marta amalga oshirishga ruxsat berish koʻzda tutilgandi.

Ushbu hujjat muhokamasi 2019-yil 2-yanvarda yakunlangan va oʻshandan buyon bu haqda rasmiy maʼlumot berilmay kelayotgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?