Oʻzbekistonda mehmonxonalarga muayyan talablar asosida xizmat koʻrsatishiga ruxsat berildi

22:05 07 May 2020 Welcome to uzbekistan
427 0

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan mehmonxonalar uchun oʻz xizmatlarini tashkil etishda pandemiya sharoitidan kelib chiquvchi qoʻshimcha talablar belgilandi.

Unga koʻra: mehmonxonalarda qabulxona, kutish zallari, yoʻlaklar, zinalar, lift, sanitar-gigiyenik nuqtalari har 8 soatda hamda umumiy foydalanishdagi buyumlar (eshik tutqichi, lift tugmalari, kutish zalidagi stol, roʻyxatga olish joyi stoykasi va undagi ruchkalar) har 2 soatda kamida 1 marotaba dezinfeksiya qilinishi;

umumiy foydalanishdagi obyektlar (lift, sanitariya-gigiyena nuqtalari, valyuta ayriboshlash shoxobchalari, ovqatlanish joylari va boshqalar) antiseptik vositalari bilan uzluksiz taʼminlashi hamda qoʻlni davriy tozalab turish boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida yozilgan ogohlantiruvchi yozuvlar boʻlishi;

binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy oʻlchashni va dezinfeksiyalashni yoʻlga qoʻyilishi; xodimlar va mijozlarning sonidan kelib chiqib shaxsiy himoya vositalarining (niqob, qoʻlqop, antiseptik vosita va boshqalar) kamida besh kunlik zaxirasi shakllantirilishi va doimiy mavjud boʻlishi;

mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyati taʼminlanishi;

mehmonlarni nomerlarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni 3 nafardan, boshqa mehmonlar soni 2 nafardan oshmasligi lozimligi belgilandi.

Mazkur talablar nomerlari soni 10 tadan koʻp boʻlgan mehmonxonalarga nisbatan tatbiq etiladi. Pandemiya sharoitida xostellar va mehmon uylari faoliyatiga ruxsat berilmaydi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?