Oʻzbekistonda masjidlarni topishga yordam beruvchi mobil ilova yaratildi

14:39 22 May 2019 Jamiyat
293 0

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan yurtimizga tashrif buyurgan musulmon sayyohlar hamda yurtdoshlarimiz uchun innovatsion loyiha joriy etildi. Yaʼni mamlakatimizdagi masjidlarni topishga yordam beruvchi “Masjid Finder Uzbekistan” mobil ilovasi ishga tushdi.

Ilovaga hozircha Toshkent shahri va viloyati, Buxoro va Samarqand viloyatlarining 721 ta masjidining geolokatsiya maʼlumotlari kiritilgan.

Ushbu dastur hozircha tajriba shaklida ishga tushirilgan boʻlib, rejaga koʻra yaqin kunlarda boshqa hududlardagi masjidlar va qoʻshimcha xizmatlar bilan boyitilishi koʻzda tutilgan. Jumladan, dastur ilovasidan masjidlar sharoiti, ulardagi tahoratxonalarning holatini belgilash uchun reyting funksiyasi kabilar joy oladi.

Mazkur loyiha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda mahalliy hokimliklar hamkorligida ishlab chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?