Oʻzbekistonda “Mahalliada — 2020” sport oʻyinlari oʻtkaziladi. Unda faqat Olimpiya sport turlari qamrab olinadi

10:10 09 Yanvar 2020 Sport
615 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning yoshlar bilan uchrashuvida 2020-yildan boshlab hayotga tatbiq etiladigan yoshlar masalalariga oid yangi dastur eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar koʻlami bu yildan yanada kengaytiriladi.

Yoshlar faolligini oshirishga yoʻnaltirilgan vazifalar orasida bir qator yirik loyihalarni amalga oshirish ham koʻzda tutilgan. Jumladan, joriy yildan ommaviy sportni keng targʻib qilish maqsadida Namangan tajribasi sifatida Respublikada birinchi bor Olimpiada sport turlarini qamragan “Mahalliada — 2020” sport oʻyinlarini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari har yili viloyat yoshlari oʻrtasida anʼanaviy musiqaning 3 turi — maqom, opera va estrada qoʻshiqchiligi yoʻnalishlarida “Afsona music” yosh isteʼdodlar ochiq koʻrik-tanlovi oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻidan oʻrin olgan 2400 kishilik amfiteatr ushbu tanlovni oʻtkazish joyi sifatida belgilandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?