Oʻzbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali oʻtkaziladi. Uning raisiga 2 ming dollar gonorar toʻlanadi

15:28 04 Aprel 2020 Madaniyat
854 0

arxiv foto

Oʻzbekistonda “Lazgi” xalqaro raqs festivali tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror loyihasida aytilgan.

Festival quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻtkaziladi:

  • oʻzbek raqs sanʼatining eng nodir durdonalaridan biri boʻlmish ­­- “Lazgi” anʼanalarini saqlash, targʻib etish, uni sof holda kelgusi avlodga yetkazish, yosh ijrochilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish;
  • oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida “Lazgi” raqs sanʼatiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, uni oʻrganish va oʻzlashtirish, shuningdek, uning badiiy mazmunini keng targʻib etish;
  • xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlik aloqalarini yana-da mustahkamlash,ijodiy hamkorlik va aloqalarni kengaytirish.

Festival 2022-yildan boshlab, har ikki yilda bir marotaba Xorazm viloyatining Xiva shahrida oʻtkaziladi.

Koʻrik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qoʻmita tomonidan 7 kishidan kam boʻlmagan tarkibda Xalqaro hayʼat tuziladi.

Xalqaro hayʼat tarkibiga yuqori malakali xorijiy va mahalliy musiqashunos olimlar, raqs sanʼatining yorqin namoyandalari, xorijiy davlatlardagi xalqaro sanʼat festivallari tashkilotlarining vakillari va boshqalar taklif etiladi.

Xalqaro hayʼat aʼzolari Xalqaro hayʼat raisini saylaydi.

Xalqaro hayʼat raisiga – 2000 AQSH dollari, hayʼat aʼzolarining har biriga – 1000 AQSH dollari miqdorida gonorar puli toʻlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?