O‘zbekistonda Lada avtomobillarining savdosi 10 barobar oshdi

15:52 10 Iyul 2018 Iqtisodiyot
473 0
Фото: lada.ru

Lada 2018 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonda 785 ta avtomobil sotishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib hisobot davrida mazkur brend savdo hajmi uch barobar oshgan. Bu haqda kompaniya saytida ma’lumot berildi.

Ma’lumot uchun, bu borada Qozog‘iston va Belarus yetakchiga aylandi. Lada ushbu mamlakatlarda mos ravishda 5854 ta va 4296 ta avtomobil sotgan.

Oldinroq Lada vakili O‘zbekiston bozori xorij avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun ochilayotganini aytib o‘tgan edi.

“Ilgari yiliga 100 ta mashina sotardik. O‘tgan yildan boshlab bu ko‘rsatkich 10 barobar oshdi. Bozor ochilishni boshladi, aksizlar bo‘yicha yengilliklar oldik”, - deydi “AvtoVAZ”ning eksport savdosi bo‘yicha menejeri Ilya Simakin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya joriy yilda yurtimizda 3-4 mingta avtoulov sotishni maqsad qilgan. Narxlar 5 ming rubl(qariyb 8 ming dollar)dan boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?