Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2691 nafarga yetdi

10:06 16 May 2020 Jamiyat
267 0

2020-yil 16-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2691 (+5) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari xorijdan kelgan fuqaroda aniqlangan. U xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi boʻlib, shu yil 14-may kuni Rossiyadan kelgan. Shuningdek, kasallik 4 nafar oldindan karantinda boʻlgan navoiylik fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayib, hozirda mamlakatimizda sogʻayish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. Oʻzbekistonda bugungi kunda 522 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 8 nafarining ahvoli ogʻir. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?