Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 111 nafarga, sogʻayganlar 55 nafarga oshdi

19:39 04 Iyul 2020 Jamiyat
176 0

2020-yil 4-iyul soat 18:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 (+111) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi 2-son Respublika klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?