Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 38 mingdan oshdi

23:42 21 Avgust 2020 Jamiyat
306 0

2020-yil 21-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 38 074 (+128) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 116 nafari Toshkent viloyatida hamda 12 nafari Toshkent shahrida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 69 yoshli R.M. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 47 yoshli R.Yu. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 382 nafar, Toshkent viloyatida 123 nafar, Buxoro viloyatida 12 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 6 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 3 nafar hamda Namangan viloyatida ham 3 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 33 989 (+547) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (89 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 825 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?