Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 27 mingdan oshdi

23:34 04 Avgust 2020 Jamiyat
851 0

2020-yil 4-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 047 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 215 nafari Toshkent shahrida, 28 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlar, yaʼni Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida yashagan 56 yoshli L.R. (ayol), Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida yashagan 42 yoshli Sh.X. (erkak) vafot etdi.

Eʼtiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 340 nafar, Toshkent viloyatida 181 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 88 nafar, Samarqand viloyatida 87 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Fargʻona viloyatida 2 nafar, jami 789 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 18 051 (+789) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 831 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?